OAV: Nyu-Yorkning sobiq meri AQSh bosh prokurori etib tayinlanishi mumkin
Nyu-Yorkning sobiq meri Rudolf Juliani AQSh bosh prokurori etib tayinlanishi mumkin. Bunga esa AQSh prezidenti Donald Tramp xodimlarni almashtirish haqida o‘ylayotgani sababdir. Bu haqda nomi oshkor qilinmagan manbalarga iqtibos keltirgan holda Axios ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda bosh prokuror lavozimini Jyeff Seshns egallamoqda.
"Prezident Tramp bosh prokuror Jyeff Seshnsdan ko‘ngli to‘lmagan va Rudolf Julianini adliya vaziri etib tayinlash imkoniyatini ko‘ra boshladi", deyilgan xabarda.
Shuningdek, ta'kidlanishicha, Tramp Julianini bosh prokuror etib tayinlash fikri haqida "yuzma-yuz suhbatlar" chog‘ida ma'lum qilgan.
Avvalroq OAV Tramp Seshnsni bosh prokuror etib tayinlaganidan afsusdaligini ma'lum qilgandi. Tramp The New York Times nashriga bergan 50 daqiqalik intervyusida Seshns Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvini tergov qilishda o‘zini bunday tutishini bilganda, uni hech qachon bu lavozimga tayinlamagan bo‘lishi haqida aytib o‘tgan. Tramp bu vaziyatda Seshnsning xatti-harakatlarini prezidentga nisbatan "adolatsiz" deb atagan.
"Jyeff Seshns bu ishga rozi bo‘ldi, bu ishni oldi, endi esa o‘zini olib qochmoqda, bu esa rostini aytsa, prezidentga nisbatan juda adolatsizlikdir", deb aytgan Tramp prezident deganda o‘zini nazarda tutib. "Bu ishga rozi bo‘lib, keyin undan o‘zini olib qochishning nima keragi bor? Agar men buni uning tayinlovigacha bilganimda, unda "Rahmat Jyeff, biroq men seni ishga olmayman" degan bo‘lardim. Bu u tomondan adolatsizlikdir", deb qo‘shimcha qilgan Trampr.
Bloomberg nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Seshns prezident tomondan unga bildirilgan keskin tanqidga qaramay, o‘z lavozimidan ketmoqchi emas.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04