Iqtisodiyot | 17:33 / 25.07.2017
4344
2 daqiqa o‘qiladi

Morgan Stanley 10 yilda birinchi marta Goldman Sachs bankidan o‘zib ketdi

Amerikaning Morgan Stanley banki so‘nggi 10 yilda ilk bor kapitallashuvi bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisi Goldman Sachs bankidan o‘zib ketdi. 24 iyul kungi savdolar natijasiga ko‘ra, Morgan Stanley aksiyalari 0,26 foizga qimmatlashib, bir donasi 46,71 dollarga baholandi. Shu bilan uning kapitallashuvi 86,55 mlrd dollarga yetdi. 

Amerikaning boshqa bir moliya instituti Goldman Sachs aksiyasi 0,91 foizga arzonlashib, bir donasi 218,18 dollargaa baholanib, kapitallashuvi 85,06 mlrd dollarni tashkil etgan. Shunday qilib ikki raqobatchi banklar o‘rtasidagi farq 1,49 mlrd dollar bo‘lgan. 2009 yili bu raqam Goldman foydasiga 53 mlrd dollar bo‘lgani e'tiborga olinsa, Morgan Stanley ko‘rsatgan natijani e'tirof etish mumkin. Goldman Sachs 2007 yilda ham Morgan Stanley bankidan qimmat turgan.
 
2017 yil ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Morgan Stanley pul tushumi va sof daromadi Wall-Street ekspertlarining taxminlaridan ilg‘orlab ketdi. Goldman Sachs natijalari sarmoyadorlarning ishonchini oqlamadi. 

Mavzuga oid