Parij markazida Sena daryosi qirg‘og‘iga ulkan kashalot "chiqib qoldi"
Fransiya poytaxti aholisi va sayyohlarni Muqaddas ona cherkovi yaqinida joylashgan sohilbo‘yiga chiqib qolgan ulkan kashalot jasadi qo‘rqitib yubordi. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda.
Biroq keyinroq ma'lum bo‘lishicha, haqiqiy kashalotnikiga o‘xshash bu "jasad" mahalliy ustalar tomondan yaratilgan badiiy installyatsiya bo‘lgan.
Mahalliy aholi tomondan "Mobi Dik" romanidagi personaj sharafiga Kapitan Bumer deb atalgan bu kashalot Sena daryosi qirg‘og‘iga Captain Boomer Collective deb nomlangan ijodiy guruh vakillari tomondan yetkazilgan.
Aytish joizki, ushbu guruh kashalotning bu modelini kitlar va insonlarning ularning yashash muhiti – okeanga halokatli ta'siri haqidagi ma'lumotni tarqatish uchun qo‘llab keladi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
16:09 / 30.11.2024