Jamiyat | 08:51 / 29.07.2017
4205
1 daqiqa o‘qiladi

Air France Venesuelaga parvozlarni to‘xtatmoqda

Air France aviakompaniyasi 2017 yilning 30 iyulidan 1 avgustiga qadar Venesuela poytaxti Karakasga parvozlarni to‘xtatmoqda. Bu ushbu davlatdagi siyosiy inqiroz bilan bog‘liq, deb xabar qilmoqda AFP.

Ta'kidlanishicha, bunday chora xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqilgan holda qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni Venesuelada ta'sis yig‘ilishiga saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Maduro Vashingtonni Venesuelaga nisbatan tajovuzkorlikni to‘xtatishga chaqirgandi.

Mavzuga oid