Jahon | 09:51 / 02.08.2017
10542
2 daqiqa o‘qiladi

Politico: Obama AQSh prezidenti lavozimiga Massachusetsning sobiq gubernatorini ilgari surmoqda

Foto: Reuters

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning yaqin atrofidagilar Massachusetsning sobiq gubernatori Deval Patrikni 2020 yilgi saylovlarda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ilgari surmoqdalar. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda

60 yoshli Patrik 2007 yilda Massachusets shtatiga bosh bo‘lgan ilk afroamerikalik bo‘lgan. Ayni vaqtda u Bain Capital moliya firmasida ishlaydi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Obama saylovoldi shtabining sobiq strategi Devid Akselrod Patrik bilan bu mavzuda bir necha marotaba gaplashgan.

Patrik afroamerikalik bo‘lgani sababli uning kampaniyasi Ayova, Nyu-Gempshir va ayniqsa Janubiy Karolinada yaxshi qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Obamaning o‘zi ham yuzma-yuz suhbatlarda Patrikka o‘z nomzodini Demokratlar partiyasidan prezidentlik saylovlariga qo‘yish haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilgan.

Shuningdek, Obamaning sobiq maslahatchisi va do‘sti Valeri Jarrett saylovlarga Patrik nomzodi qo‘yilishini juda ham istashini aytgan.

Mavzuga oid