Jamiyat | 09:18 / 03.08.2017
15955
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanida fohishaxona aniqlandi

Joriy yilning 29 iyul kuni Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari fohishaxona saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 29 iyul kuni soat 18.00 da, TashGres 4da ijara shartnomasi asosida yashab kelayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashovchi B.G. ushbu manzilda, 50.000 so‘m pul evaziga, 1992 yilda tug‘ilgan TashGres dahasida yashovchi K.Yo. va 1997 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yashovchi A.G.larga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Daliliy ashyo sifatida 50.000 so‘m pul olingan.

Yunusobod tuman IIB tomonidan fuqaro B.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid