O‘zbekiston | 08:08 / 08.11.2024
2953
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi

Ahmad Donish ko‘chasida haydovchi Nexia-3 mashinasida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Alisher Navoiy – Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada esa haydovchi Traverse mashinasi yo‘l qatnov qismi o‘ng tomonidagi temir panjaraga urilgan.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7 noyabr kuni ikkita YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 15:30 larda Ahmad Donish ko‘chasida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi Y.M. Nexia-3 avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

7 noyabr kuni soat 10:30 larda Alisher Navoiy – Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi D.U. Traverse avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Mobiuz binosi qarshisida, yo‘lning qatnov qismi o‘ng tomonidagi temir panjaraga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi sabab haydovchi yengil tan-jarohati bilan hududiy shifoxonaga olib ketildi.

Holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l-transport hodisasi rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid