Fan-texnika | 21:00 / 06.08.2017
14563
3 daqiqa o‘qiladi

Curiosity marsoxodining Marsga qo‘nganiga 5 yil to‘ldi

Curiosity marsoxodi 2012 yil 6 avgustda Marsga yetib kelgan va NASA koinot agentligining 19-tushiriluvchi qurilmasi bo‘lgan. Uning asosiy vazifalari Marsda hayot uchun yaroqli sharoitlar mavjudligini aniqlash, bu sayyoraning iqlimi va geologiyasi haqida batafsil ma'lumot to‘plash va Marsga odamni qo‘ndirish uchun tayyorgarlik ko‘rishdan iborat bo‘lgan.

Og‘irligi 899 kg, uzunligi 3 metr keluvchi qurilma soatiga 144 metr tezlik bilan harakatlanadi. U kameralar, masofadan tadqiq qiluvchi asboblar to‘plami, spektrometr, tuproq olishga mo‘ljallangan cho‘mich, meteorologik qurilmalar majmuasi bilan jihozlangan. U Marsning sirtidagi tashqi sharoitlarni tadqiq qilish uchun hammasi bo‘lib 10 ta ilmiy asbob hamda harakatlanish va suratga olish uchun 17 ta rangli va oq-qora ranglarda oluvchi kameralarga ega.

Curiosity Qizil sayyoraga qo‘ngandan beri 16 km masofa bosib o‘tgan va Sharp tog‘i yonbag‘ri bo‘ylab 165 metr balandlikka ko‘tarilgan. U sayyorada qadimiy daryo izlarini aniqlagan, Mars tuprog‘ining mineral tarkibini aniqlagan, tarixda birinchi marta Mars sirtini burg‘ilab, qattiq jinslar namunalarini olgan. Yerda marsoxod ishini 400 dan ko‘proq odam ta'minlaydi. 

Dastlab missiya ikki yilga yaqin davom etishi taxmin qilingan. Biroq marsoxod hanuzgacha olisdagi sayyora bo‘ylab harakatlanishni davom ettirib, yangi namunalar olmoqda va Yerga Mars manzaralarining yangi suratlarini jo‘natmoqda.

NASA
Nick Ut/AP

2012 yil 25 iyul. Curiosity marsoxodi OAVga namoyish qilinishi vaqtida 

Damian Dovarganes/AP

2012 yil 2 avgust

Damian Dovarganes/AP

2012 yil 6 avgust. NASA xodimlari Curiosity’ning Marsga muvaffaqiyatli qo‘nishidan shodlanishmoqda

Reuters

Curiosity jo‘natgan ilk suratlardan biri

NASA
NASA

Curiosity o‘zidan avvalgi marsoxodlar Spirit va Opportunity’dan bir necha marta kattaroq va og‘irroq bo‘lgan avtonom kimyoviy laboratoriyani aks ettiradi

NASA

Yer Mars sirtidan shunday ko‘rinadi. Surat Curiosity tomondan olingan

NASA
NASA

Marsoxod tomondan Marsda topilgan meteorit bo‘lagi

NASA

Curiosity suratga olgan Mars manzarasi

NASA

Curiosity suratga olgan Mars manzarasi

NASA

Curiosity vaqti-vaqti bilan Marsdan selfi jo‘natib turadi. Sharp tog‘i yaqinida olingan marsoxod avtoportreti.

Nazvaniye

Mavzuga oid