Jamiyat | 10:43 / 06.08.2017
19486
2 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘l qurilishi natijasida bog‘larga yetkazilgan zararni kim to‘laydi?

SAVOL: 2013–2016 yillarda «Angren–Pop» temir yo‘l qurilishi tufayli hozirda menga tegishli bo‘lgan bog‘ batamom qurib, nes-nobud bo‘lib ayanchli ahvolga kelib qoldi. Ariq yo‘llarini yo‘qotib tashlashgan. Bir necha mutassadi tashkilotlarga murojaat bilan chiqdim — hech kim yetkazilgan zararni qoplashni bo‘yniga olmayapti. Shu masalada maslahat bersangiz: qanday yo‘l tutishim kerak?

(Savolni yo‘llagan fuqaroning ism-familiyasi va qaysi viloyatda istiqomat qilishi ma'lum qilinmagan).

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyuldagi «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l yo‘nalishini qurilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1985-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq, yetkazilgan zararni qoplash masalasi Toshkent viloyati hamda Namangan viloyati hokimliklariga yuklatilganligini ma'lum qilamiz.

Savolga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuridik boshqarmasining yuriskonsulti Azamat Ollaberganov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Mavzuga oid