Abramovich Jukova bilan ajrashdi
Milliarder Roman Abramovich va Darya Jukova ajrashishga qaror qildi. Page Six (New York Post gazetasi ilovasi) xabariga ko‘ra, ikki tomon kelishgan holda ajrashishga qaror qilgan.
Ikki farzandli bu juftlik tinch yo‘l bilan ajrashgan.
«Birgalikda o‘tgan 10 yillik hayotdan keyin biz ikkimiz qiyin qaror qabul qildik (...), lekin biz do‘stlikni saqlab qolamiz, birgalikdagi loyihalarimizda hamkorlikni davom ettiramiz», — deya qayd etilgan ularning qo‘shma bayonotida.
Ayni vaqtda 50 yoshda bo‘lgan Abramovich uchun 36 yoshli Jukova bilan nikoh hisob bo‘yicha uchinchisidir. Uning jami 7 farzandi bor, ulardan besh nafari — ikkinchi nikohidan. Abramovich Rossiyaning eng badavlat kishilaridan biridir, uning boyligi 9,1 milliard dollarga baholangan.
Abramovich va Jukova 2005 yilda tanishgan, 2007 yil Abramovich o‘zining 16 yil birga turmush qurgan ikkinchi xotini Irina Malandina bilan ajrashgach, Jukova bilan turmush qurgandi. Abramovich va Jukovaning ikki farzandi bor — 2009 yilda tug‘ilgan Aaron Aleksandr va 2013 yil dunyoga kelgan Leya.
Darya Jukova Moskvadagi «Garaj» zamonaviy san'at muzeyi asoschisi hisoblanadi, u shuningdek kiyim ishlab chiqaruvchi Kova & T kompaniyasining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:50 / 14.12.2024
Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi
12:05 / 21.12.2023
Yevropa sudi Abramovichning YeI sanksiyalari bo‘yicha da’vosini rad etdi
08:21 / 08.12.2023
Litva Abramovichning farzandlariga fuqarolik berilgani holatini tekshirmoqda
20:36 / 04.07.2023