Fan-texnika | 23:26 / 07.08.2017
12173
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 8’ning ilk suratlari paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy Note 8’ning ilk suratlari paydo bo‘ldi. Yangi qurilmaning taqdimoti 2017 yil 23 avgustga belgilangan. Smartfon haqida ko‘p narsa ma'lum, endi bo‘lsa biz uning dizayni guvohi bo‘lishimiz mumkin. 

Suratlarda ko‘rinishicha, Galaxy Note 8 smartfoni Galaxy S8 dan ba'zi jihatlarni oladi. Birinchi navbatda, bu Always On funksiyasiga ega ekran bo‘lib, u salt turish rejimida ham asosiy ma'lumot: vaqt, sana, eslatmalar va "Uyga" tugmasini aks ettirib turadi. 

Smartfon displeyi bosishlarga sezuvchan bo‘lishi taxmini bor. Boshqa taxminlarga ko‘ra, sensor faqatgina “Uyga” tugmasi hududidagina mavjud bo‘ladi.

S Pen stilusi ham suratlarda aks etgan. Ko‘rinishidan bu qurilma Note 7 to‘plamidagidan farq qilmaydi. Suratlarni chop etgan manba ham stilus texnik jihatdan o‘zgarmagan deb ta'kidlamoqda. U ilgarigidek juda sezuvchan qolgan: S Pen uchidagi sensor 4 096 ta bosish darajasini ajratishga qodir.   

Samsung Galaxy Note 8 modeli 1 440×2 960 nuqtali ko‘rsatish qobiliyatiga ega 6,3 dyuymli ekran olgan. Asosiy kamera – 12 Mp, frontal kamera – 8 Mp. Smartfon 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6 GB tezkor xotira va 64 Gb doimiy xotira bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi 3300 mA•soat ni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid