Jahon | 23:57 / 09.08.2017
19037
1 daqiqa o‘qiladi

Yupiter ichida Yer sayyorasiga o‘xshash sayyora borligi taxmin qilindi

Yupiter ichida Yerga juda ham o‘xshash bo‘lgan sayyora mavjud. Bunday fikrni 2016 yilgi koinot suratlarini rasshifrovka qilgan olimlar bildirdilar. Ushbu suratlar ulkan sayyoraga maksimal yaqinlasha olgan "Yunona" zondidan olingan.

Bu tahlil evaziga olimlar Yupiterning tashqi qatlami tashkil topgan oltingugurt va vodorod ostida o‘zining iliq yadrosiga ega bo‘lgan, tuzilishi bo‘yicha Yerni eslatuvchi yana bitta samo jismi bo‘lishi mumkinligini o‘rnatdilar. Ichki sayyorada tirik jonzotlar va suv havzalari bo‘lishi ehtimoli mavjud. Biroq bular faqatgina taxminlardir, olimlar Yupiterni o‘rab turgan katta miqdordagi chang sababli uning batafsilroq suratlarini olisholmagan.

Ta'kidlanishicha, agar bu g‘oya haqiqat bo‘lib chiqsa, uning tasdig‘i uchun Yupiterda quduq burg‘ilab, uning ichidagi jismdan namunalar olishga to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid