Jamiyat | 11:02 / 15.08.2017
13123
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida qimorxona egasi qo‘lga olindi

Quva tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ushbu tumanda yashovchi N.Xoliqov muqaddam uyida kimorxona tashkil etish jinoyatini sodir etganligini uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligiga qaramasdan yana 2017 yil 10 avgust  kuni yashash uyida 3 nafar fuqarolarga oshiq otib qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan jami 3 mln 436 ming sum pullar, 300 AQSh dollar pullar, 5 dona plastmassadan yasalgan stakanlar va 4 dona qo‘y suyagidan yasalgan oshiqlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur xolat yuzasidan Quva tumani IIB TB tomonidan N.Xoliqovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda 

Mavzuga oid