Light | 10:14 / 17.08.2017
23119
5 daqiqa o‘qiladi

Parus oilaviy markazida xorror-kvestlar, lazerli otishma o‘yini va boshqa yangiliklar tayyorlandi. Marhamat

Kelayotgan kuz faslida Parus oilaviy dam olish markazi siz uchun yangilangan uslubda xizmat ko‘rsatishga tayyor. Bu yerda yangi do‘konlar, bolalar uchun turli o‘yingohlar hamda kattalar uchun ko‘ngilochar kayfiyat kafolatlanadi. Quyida majmuamiz imkoniyatlari va yangiliklarimiz bilan tanishtiramiz.

Minus birinchi qavatda oila a'zolaringiz uchun quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:

Bu yerda vaqtingizni do‘stlaringiz bilan maroqli o‘tkazishingiz uchun yangi kvest-rum va lazer-tag ochilish arafasida. Ko‘pchiligingiz vayrona uylar, eski saroylarda aks ettirilgan qo‘rqinchli filmlar tomosha qilishni yoqtirasiz. Yangi «13-uy» xorror-kvestida esa ana shunday qo‘rqinchli filmlarning elementlarini uchratasiz.

Uning yonida Toshkentdagi birinchi lazer-tag sizga muntazir. Bunda ishtirokchilar lazer nurlaridan bir-birlariga o‘q uzishlari mumkin. Ishoning, bu farzandlaringizni kompyuter o‘yinlaridan chalg‘itishning, katta yoshdagilarning esa uzoq ish kunidan so‘ng mushaklarini harakatga keltirishning samarali vositasidir.

 

Ikkinchi qavatda joylashgan Mini Me bolalar kiyimlari do‘konida siz farzandlaringizga chiroyli, qulay va eng asosiysi sifatli kiyimlar xarid qilishingiz mumkin. Shu bilan birga, Toys Land bolalar o‘yinchoqlari do‘koni ham mazkur qavatda bo‘lib, u yerda siz vaqt va sifat sinovidan o‘tgan turli o‘yinchoqlarni topasiz. Sotuvda tabiiy materiallardan yasalgan klassik bolalar o‘yinchoqlari ham bor. Do‘konda har bir mijozga professional tarzda xizmat ko‘rsatiladi. Bularning hammasi esa bolajonlarga olam quvonchini berish uchundir.

Stacy Nail Bar — tirnoqlaringiz go‘zalligi uchun xizmat ko‘rsatishga tayyor. Uning tashkil etilishi markazimizni yanada to‘ldirdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Yaqinda uning xizmatlari safi mijozlar talabidan kelib chiqqan holda sartaroshxona bilan boyidi.

Aksariyat yosh onalar o‘z tashqi ko‘rinishlariga vaqt ajrata olmasliklaridan norozi bo‘ladilar. Stacy Nail Bar Parus bolalar maydonchalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Ya'ni farzandingiz foydali mashg‘ulotlar, o‘yinlar bilan band bo‘lgan paytda siz bexavotir salonning xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

O‘yin maydonchasi yonida joylashgan Canella qahvahonasida siz hamisha turli choy va qahva ichimliklari, shuningdek shirinliklardan bahramand bo‘lasiz.

Uchinchi qavatdan attraksionlar parki o‘rin olgan bo‘lib, qolgan qism haqida vaqtincha sir saqlaymiz. Kuzning o‘rtalarida Parus’ga tashrif buyurgan mehmonlar bu qavatda jahonning mashhur brendlarini uchratishlari mumkin bo‘ladi.

To‘rtinchi qavat ovqatlanish joyi hisoblanadi. Bu yerda siz yengil tamaddi qilishdan tortib tushlik va kechki ovqatning eng sara taomlarini uchratishingiz mumkin: Barbeque Burger, Chopar, Dayako Chicken, Samurai Sushi, La Marmite va boshqalar haqiqiy mazali taom ixlosmandlari uchun. Ovqatlanib bo‘lgach, istovchilar uchun shu qavatda Parus Cinema kinoteatri joylashgan. Har hafta ekranlarda premeralar namoyishi o‘tkaziladi.

Beshinchi qavatda bolalar uchun Samo ijodiy akademiyasi tashkil etilgan va u yerda bolajonlar malakali pedagoglar ko‘magi bilan o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Tez kunlarda ushbu studiyada xoreografiya, vokal, aktyorlik mahorati kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar uchun saralab olish e'lon qilinadi. Bundan tashqari sport, modellar va teatr maktablari ham ochilishi rejalashtirilgan.

Oltinchi qavatda joylashgan Parus Bowling’da vaqtingizni xush kayfiyatda o‘tkazish imkoni bor. Undagi Aroma Food Bar ichimliklari, fudkortning barcha taomlari sizga yoqishi shubxasiz. Ha, aytgancha yoz oxirigacha bouling-klubda bir nechta chegirmalar amalda.

Guvohi bo‘lganingizdek, Parus oilaviy-ko‘ngilochar markazi barcha mehmonlari uchun vaqtni maroqli va unutilmas o‘tishini kafolatlaydi.

  • Manzil: Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 60-uy;
  • Mo‘ljal: Qatortol optom bozori;
  • Telefon: +998(99) 855-00-77.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid