Light | 08:16 / 10.01.2019
10346
1 daqiqa o‘qiladi

Sog‘lom hordiq uchun eng yaxshi shaharlar ma'lum qilindi 

Foto: Getty Images

Parij sog‘lom hordiq uchun eng yaxshi shaharlar elliktaligi yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.   

TravelSupermarket resursi mutaxassislari reytingni tuzishda shahardagi bog‘lar, sport zallar, spa-salonlar, yoga studiyalari, vegetarian restoranlar va sog‘lom oziq-ovqat do‘konlari hamda yildagi quyoshli kunlar sonini hisobga olishgan. Shuningdek, ushbu shaharda bo‘lish xarajatlari hisobga olingan.
 
Yetakchi beshtalikka Tailandning Chiang May (2-o‘rin) va Pattaya (4-o‘rin) kurortlari, Ispaniyaning Barselonasi (3-o‘rin) va Kanadaning Vankuveri kiritilgan.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Mayami (AQSh), San-Frantsisko (AQSh), Lissabon (Portugaliya), Denpasar (Bali, Indoneziya) va Buenos-Ayres (Argentina) kirgan. 

Mavzuga oid