Iqtisodiyot | 18:40 / 17.08.2017
5308
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyotining o‘sishi so‘nggi 7 yildagi maksimumga yetdi

Joriy yilning ikkinchi choragida jahon iqtisodiyotining yillik o‘sishi 4,4 foizga yetdi. Bu haqda «Praym» Morgan Stanley banki ma'lumotlariga asosan xabar qilmoqda.

«Ikkinchi chorakdagi jahon iqtisodiyotining o‘sishi 4,4 foizlik darajada bo‘ladi, bu 2010 yilning to‘rtinchi choragidagi eng yuqori darajadan ham yaxshi ko‘rsatkichdir», - deya ma'lum qilishgan ekspertlar.

Shuningdek, mutaxassislarning ta'kidlashicha, ba'zi bir davlatlardagi yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'ati ular uchun syurprizga aylangan.

«Jiddiy syurprizlar Yaponiya va Rossiyada hamda kamroqlari – Yevroittifoq va Buyuk Britaniyada kuzatildi. Iqtisodchilar Hindiston hamda Braziliya iqtisodiyotining ikkinchi chorakdagi o‘sish sur'atlari haqidagi ma'lumotni intiqlik bilan kutishmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan tahlilchilar.

Mavzuga oid