Jahon | 20:40 / 18.08.2017
6056
1 daqiqa o‘qiladi

Sharlotsvilldagi to‘qnashuvlar qurbonining onasi Tramp bilan suhbatlashishdan bosh tortdi

AQShning Sharlotsvill shahridagi tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lgan 32 yoshli Xezer Xeyyerning onasi Syuzan Bro AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashishdan bosh tortdi. Ayolning rad javobiga Trampning tartibsizliklarda ikkala tomon aybdorligi haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.

“Men u bilan gaplashmadim va gaplashmayman ham”, deb aytgan ayol AVS telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning ta'kidlashicha, Oq uy vakillari u bilan bir necha marotaba bog‘lanishga urinishgan. 

13 avgustda Sharlotsvilldagi tartibsizliklar vaqtida Jyeyms Aleks Filds degan yigit Chevrolet Camaro mashinasida millatchilarga qarshi chiqayotganlar guruhiga borib urilgan. Buning oqibatida Xezer Xeyyer halok bo‘lgandi, yana 19 kishi jarohat olgandi.

Mavzuga oid