Jamiyat | 22:52 / 18.08.2017
13858
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Uilyamning nikoh to‘yidagi tortning bir bo‘lagi sotuvga qo‘yildi

Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va Keyt Middltonning 2011 yildagi nikoh to‘yidagi bayramona tortning bir bo‘lagi auksionda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda ForbesLife tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, tort bo‘lagi sotiladigan auksion 27 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Auktsion tashkilotchilarining aytishicha, ular tortni bir necha ming funt sterlingga sotishni mo‘ljallashmoqda.  

Ta'kidlanishicha, ushbu tortni yaratish uchun qandolatchilarga 5 hafta vaqt kerak bo‘lgan. Aynan shu tort shahzoda Uilyamning Bukingem saroyidagi to‘yining bosh bezagi bo‘lgan.

Ma'lum qilinganidek, 10 avgustda qirolicha Yelizaveta II taxtni tark etgandan keyin taxt uning nabirasi – shahzoda Uilyamga topshirilishi haqida rasmiy bayonot bergan. Qirolichaning bu bayonoti u taxtning berilishidagi vorisiylik va taxtga egalik qilish huquqida o‘g‘li Charlzni istisno qilganini anglatadi. Qirolicha bunday qarorini uning o‘g‘lidan yosh bo‘lgan yangi avlod Vindzorlar uyi farovonligi kafolati bo‘lishi mumkinligi bilan tushuntirgan.

Mavzuga oid