OAV Trampning kuyovi va Roman Abramovich aloqalari haqida xabar topdi
AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va qizi Ivanka Tramp bir necha marta rossiyalik milliarder Roman Abramovich hamda uning sobiq rafiqasi Darya Jukova bilan uchrashgan. Oq uydagi manbasiga asoslanib Bloomberg agentligi bergan xabarga ko‘ra, hozircha bu aloqalar Trampning saylovoldi shtabining Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotgan mutaxassislar e'tiborini tortmagan.
Agentlik Abramovichni «Rossiyadan tashqarida yashab faoliyat ko‘rsatadigan oligarxlar orasida Vladimir Putinga eng yaqini» sifatida ta'riflaydi.
Bu ma'lumot amerikalik amaldorlar maxfiy hujjatlarga kirish imkoniga ega bo‘lish uchun to‘ldiradigan SF-86 formasi orqali olingan. Unda Kushner 2014 yili rafiqasi bilan Rossiyaga borgani va Abramovich hamda Jukova bilan uchrashgani aks etgan. Qayd etilishicha, bu tanishuv Yahudiylar madaniyat markazidagi kechki ovqat mahali ro‘y bergan. Kushner Jukovaning san'at markazini moliyalashtirgan.
Kushner va Abramovich jami 3 yoki 4 marta uchrashishgan, ularning uchrashuvlarida uchinchi shaxs ham bo‘lgani aniq emas. Agentlikning bildirishicha, bu aloqalar Moskvaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga ta'sir ko‘rsatganiga hozircha dalil yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida amerikaliklar maxsus xizmatlari Rossiya AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashgani haqidagi hisobotini e'lon qilgandi. Moskva barcha ayblovlarni inkor etib kelmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday kiberhujumlar Rossiya manfaatlarini ifodalamasligini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
18:52
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
18:22
Daniya Tramp bayonotidan keyin Grenlandiya mudofaasi xarajatlarini oshirdi
16:18 / 24.12.2024
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
09:53 / 24.12.2024