Suriya armiyasi Halabni IShIDdan butkul ozod qildi
Suriyaning Halab provinsiyasi terrorchilardan butkul xalos bo‘ldi, deya ma'lum qildi brifingda Bosh shtabning operativ boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"So‘nggi oyda Suriya Arab Respublikasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Hukumat qo‘shini Rossiya HKK qo‘llab-quvvatlashi ostida jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi va Suriyaning markaziy qismida IShIDga jiddiy zarba berdi. Halab provinsiyasi terrorchilardan to‘liq ozod qilindi", - dedi u.
Rudskoyning ta'kidlashicha, jangarilardan jami 50 aholi punkti va Suriya hududining 2,7 ming kvadrat kilometri ozod qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Akerbat tumanida jangarilarning yirik guruhini o‘rab olishga muvaffaq bo‘lingan, tez orada shahar ozod qilinadi. Shuningdek Suriya harbiylari strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan As-Suxna aholi punktini ham qo‘lga kiritishgan va Dayr Az-Zorga to‘xtovsiz hujum qilishmoqda. Bu shahar atrofidagi hududlar - mamlakatdagi terrorchilarning so‘nggi tayanchi.
"Ularning qolgan kuchlari aynan shu yerga kelmoqda. Bizning ma'lumotlarimizga ko‘ra, mo‘sullik jangarilar va IShIDning Raqqadagi jangovor otryadlarining katta qismi shu yerga kelgan. Shunga qaramay, mana uch oydirki, ular AQSh va "Suriya demokratik kuchlari"ning ittifoqdoshlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan otryadlarga egalik qilishning uddasidan chiqishmayapti.
U Dayr Az-Zorni blokdan chiqarish bilan IShID terrorchilarining asosiy kuchlarini yo‘q qilish ishlari yakunlanishini ta'kidladi.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya HKK avgust oyida 990 jangovor parvozlarni amalga oshirgan. IShID punktlari, pozitsiyalari va lagerlariga qarata 2518 havo zarbasi berilgan. 40 zirhli texnika, 106 katta kalibrli pulemyotga ega avtomobil va 800 jangari yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
12:10 / 25.12.2024