Demokratlar Trampning ehtimoliy raqobatchilari haqida ma'lumot yig‘moqda
AQSh Demokratlar partiyasi Milliy qo‘mitasi 2020 yilgi saylovlarda Donald Trampning partiyadoshlari orasidan uning ehtimoliy raqobatchilari haqidagi ma'lumotlarni yig‘moqda. Bu haqda Politico nashri demokratlarning tadqiqotlar bo‘yicha milliy qo‘mitasi direktori Loren Dillonga asosan yozmoqda.
"Trampning jo‘shqin prezidentligi alg‘ov-dalg‘ovlikka yuz tutdi, shuning uchun biz barcha ssenariylarga tayyormiz", - deya ma'lum qilgan Dillon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning respublikachilar safidagi ehtimoliy raqiblari orasida vitse-prezident Mayk Pens, Ohayo gubernatori Jon Keysik, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli va Nebraska shtatidan senator Ben Sassga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Pens va Keysikning o‘tmishi haqidagi ma'lumotlarni demokratlarning 25 dan ortiq xodimi yig‘moqda, boshqalarning ham siyosiy faoliyati, moliyaviy ahvoli, Tramp bilan ehtimoliy manfaatlar mojarosi va munosabatlari o‘rganilmoqda.
Muxolifatning bunday xatti-harakati juda noodatiy, sababi AQShda partiyadoshlarning saylovlarda yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘ygan amaldagi prezidentga chaqiriq tashlashi qabul qilinmagan holat. Biroq demokratlarning fikricha, Trampning kamchiliklari ko‘p va respublikachilarning elitasi bilan munosabatlari juda chigal.
Pens Trampga raqobat qilishi haqidagi gap-so‘zlarni qat'iy ravishda rad etdi. Keysikning yordamchisi esa demokratlarga iqtisodiy dasturni ishlab chiqish haqidagi taklif bilan chiqdi. "Demokratlar pullarni o‘zlari xohlagan tarzda bekordan bekorga sarflashlari mumkin, biroq bularning bari juda kulgili", - deya ma'lum qilgan Keysikning vakili. Heylining vakili esa izoh berishdan bosh tortdi.
Shuningdek, yuqorida nomlari keltirilganlardan tashqari, Ted Kruz, Marko Rubio, Tom Kotton va Mitt Romni ham Trampning ehtimoliy raqiblari sifatida ko‘rilmoqda.
So‘nggi marotaba partiyadoshning amaldagi prezidentga chaqiriq tashlashi bilan bog‘liq holat 1992 yilda yuz bergan - Pet Byukenen o‘z nomzodini Respublikachilar partiyasidan qo‘ydirishga muvaffaqiyatsiz uringan, o‘shanda amaldagi prezident katta Jorj Bush bo‘lgan. Bush Byukenenni praymerizda osonlik bilan mag‘lub etgan, biroq saylovlarda demokrat Bill Klintonga imkoniyatni boy bergan.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024