Jamiyat | 09:28 / 28.08.2017
6924
1 daqiqa o‘qiladi

Temir seyfdan tilla buyumlarni o‘margan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

15 iyun kuni Yuqorichirchiq tumani IIBga ushbu tumanda yashovchi, vaqtincha ishsiz T.O. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

Ushbu shaxsning arizasida ma'lum qilishicha, joriy yilning 15 iyun kuni soat 08.00 dan 12.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, devor oshib o‘tish yo‘li bilan kirib, uyidagi temir seyfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyfda bo‘lgan narxi 3.000.000 so‘mlik 4 dona ayollar tila uzugi, bir juft ayollar tilla ziragi va 2.350.000 so‘m pullarini o‘g‘irlagan. 

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz T.O. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Mavzuga oid