Jamiyat | 20:16 / 29.08.2017
16749
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar giyohvand moddalarga tobe'likdan qutulish yo‘lini topishdi

Foto: .stepworks.com

AQShda miyani giyohvand moddalarning salbiy ta'siridan himoyalovchi vaksina ishlab chiqildi. Bu loyiha bilan Kaliforniya Instituti xodimlari shug‘ullanishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi. 

Giyohvand moddalar immunitet ilg‘ay olmaydigan kichik molekulalardan iborat bo‘ladi, shuning uchun organizm mazkur zararli moddalar ta'siriga qarshilik ko‘rsata olmaydi, aksincha bunday preparatlarga tobe'likni rag‘batlantiradi. 

Amerikalik olimlar immunitetni shakllantirishga qodir bo‘lmagan, lekin ba'zi oqsillar bilan reaksiyaga kirishadigan,  tarkibida gaptenlar molekulasi bo‘lgan vaksinani kashf qilishdi. Gaptenlar giyohvand moddalarning paydo bo‘lishiga tezkor reaksiya bildiradi, bu esa tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega, zero yaqinda qora bozorda kimyoviy moddalardan ishlangan kuchli toksinlar paydo bo‘ldi. 

Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar vaksinaning geroin ta'siriga qarshi sifatini tasdiqladi. Olimlar bundan keyin giyovandlar sonini qisqartirish va dozaning oshirib yuborilishining oldini olishni maqsad qilishmoqda. 

Mavzuga oid