Jamiyat | 14:45 / 30.08.2017
5233
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov qayiqda dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘namoqchi

Foto: life.ru

Rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov Yer atrofini 222 kunda aylanib chiqishni rejalashtirmoqda. U bu haqda geografiya bo‘yicha yagona davlat imtihonidan eng yuqori ball to‘plagan maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.   

“Biz bu maqsadda qayiq qurmoqdamiz, men unda Yer atrofini aylanib chiqmoqchiman: Avstraliyadan Avstraliyaga 222 kun eshkak eshaman. Qayiq Angliyada qurilmoqda”, deb aytgan sayyoh. 

Uning aytishicha, u bundan keyingi sayohatini ham rejalashtirib qo‘ygan. Sayyoh hozirda qurilish bosqichida bo‘lgan ulkan planerda sayohatga jo‘namoqchi. 

 “Planer qanotlari uzunligi 44 metr bo‘ladi. Men 15 km balandlikka ko‘tarilib, Yer atrofini to‘xtashlarsiz va qo‘nishlarsiz bir marta aylanib chiqmoqchiman”, deb aytgan Konyuxov.

Konyuxovning aytishicha, u planerda Yer atrofini 120 soatda aylanib chiqmoqchi. Cayyoh shu maqsadda Belarus va Litvada uchar mashinani boshqarishni o‘rganmoqda.

Mavzuga oid