Jahon | 19:42 / 30.08.2017
7767
1 daqiqa o‘qiladi

Rimliklar va afrikalik qochqinlar o‘rtasida yirik mushtlashuv yuz berdi

Italiya poytaxti Rimning sharqiy qismida mahalliy aholi va afrikalik muhojirlar o‘rtasida mojaro chiqdi. Mojaro oqibatida bir afrikalik jarohat olgan.

TGcom24 telekanalining xabar berishicha, mojaro 29 avgust kechki vaqt shaharning Tiburtino tumanidagi qochqinlarni vaqtinchalik saqlash markazi yonida yuz bergan. Dastlab mahalliy o‘smirlar va eritreyalik 40 yoshli qochqin o‘rtasida nizo chiqqan. Guvohlarning aytishicha, dahanaki jangdan keyin afrikalik o‘smirlarga tosh ota boshlagan.

Yarim tunga yaqin markazga o‘smirlardan birining onasi kelib, afrikaliklar bilan janjalni davom ettirgan. 50 ga yaqin qochqin ayolning yo‘lini to‘sib, uning ortga qaytishiga yo‘l bermagan. Shunda ayol mahalliy aholini yordamga chaqirgan. Oqibatda markaz mahalliy aholi tomondan qurshab olingan.

Mavzuga oid