Aston Martin elektromobil yaratish istagi haqida ma'lum qildi
Britaniyaning Aston Martin Limited kompaniyasi 2019 yilgacha elektromobil yaratish istagi haqida ma'lum qildi. Bundan tashqari, kompaniya bosh direktori Endi Palmer matbuot bilan suhbatda 2025 yilgacha kompaniya sekin-asta elektr dvigatelga o‘tmoqchiligini ma'lum qilgan.
Yaqin yillarda ichki yonuv dvigatelidan to‘liq voz kechishning imkoni bo‘lmaydi, biroq 5-7 yildan keyin Aston Martin markasi ostida ishlab chiqariluvchi barcha mashinalar gibrid bo‘ladi. Bu ularga nafaqat gaz va benzinda, balki elektr dvigatelda yurishga imkon beradi.
Kompaniyaning to‘liq elektr avtomobili RapidE modeli bo‘ladi. Bu modelni 2019 yilda cheklangan miqdorda ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Hammasi bo‘lib 100 tacha mashina ishlab chiqarilgani sabab, xoynahoy u xususiy kolleksiyalarga buyurtma asosida xarid qilishdan ortmaydi. Biroq buning uchun anchagina haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Aston Martin dvigatel va elektron qismlarni Daimler AG’dan sotib oladi, biroq inglizlar yaratadigan elektromobillar kompaniyaning o‘zi ishlab chiqaradigan elektr dvigatellarda harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
21:18 / 17.12.2024
Energetika vazirligi quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermaganini ma’lum qildi
19:34 / 17.12.2024