Politico: Tramp qarorgohining sobiq rahbari moliyaviy firibgarliklar bilan shug‘ullangan
Rossiya ishi bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myuller Nyu York shtatilik hamkasblari, xususan, bosh prokuror Erik Shneyderman bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. U Tramp saylovoldi shtabi sobiq rahbari Pol Manafortning moliyaviy amaliyotlarini o‘rganmoqda va bu amaliyotlar buzilganini isbotlovchi dalillarga ega. Bu haqda Politico nashri vaziyatdan boxabar manbalarga asoslanib yozmoqda.
Gazetaga ko‘ra, ikkala jamoada ham Manafortning turli moliyaviy jinoyatlari, jumladan pullarni noqonuniy o‘tkazish xususida har xil ma'lumotlar mavjud. Hozircha, aniq ayblovlar e'lon qilish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmagan. Politico gazetasining yozishicha, to‘plangan ma'lumotlar Myullerga Trampning sobiq shtab boshlig‘iga bosim o‘tkazish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.
Myuller vakili nashr ma'lumotlarni izohlashdan bosh tortdi. Manafort matbuot kotibi ham bu xabarlarni izoh so‘rash maqsadida qilingan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024