Fan-texnika | 11:24 / 01.09.2017
17311
2 daqiqa o‘qiladi

Eng sovuq modda olindi

Foto: hi-news.ru

Fizika kursidan ma'lumki, bizga “tanish” bo‘lgan Tselsiy harorat shkalasidan tashqari, Kelvin shkalasi ham bor. Unga ko‘ra, nol Tselsiy bo‘yicha -273,15 haroratga teng. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkichga erishish – juda mushkul vazifa. Avval olimlar absolyut nol haroratga erishish uchun alohida atomlarni muzlatishgan, biroq molekula bilan bunday holat ilk bora ro‘y berdi.

Nature Physics jurnali xabariga qaraganda, sovuq materiya Markazi fiziklari o‘ziga xos rekord o‘rnatishdi. Ular moddani absolyut noldan million hissa darajaga qadar muzlatishdi. Olimlar haroratning faraz qilish mumkin bo‘lgan minimal ko‘rsatkichiga yaqinlashishning uddasidan chiqishdi. Avval olimlar tajribalar seriyasi davomida alohida atomlarni muzlatib, bir kelvinning trillion hissasiga erishishgan. Ekspertlar bu muammoni yechish uchun ikkita an'anaviy yondashuvni birlashtirishdi.

Olimlar magnitli-optik qopqon ichiga joylashtirilgan ftorid kalsiy molekulasidan foydalanishdi. Qopqon ichida modda har ikki lazer yordamida sovutildi. Bu jarayon davomida atomlar fotonlarni o‘ziga singdirib, ularni “qayta nurlantirishdi”. Shunday mushkul bo‘lmagan usul bilan haroratni ma'lum bir darajaga qadar pasaytirish mumkin.

Fiziklar bu to‘siqdan o‘tish uchun boshqa usulni qo‘llashdi. U bir-biriga qarab harakatlanuvchi lazer bog‘lamidan foydalanishga aloqador. Ular molekulaning ortiqcha kinetik energiyasini “olib qo‘yib”, uni kerakli darajaga qadar sovutadi. Bu harakatlar yordamida muzlatilgan molekulalar harorati absolyut noldan 50 millionli daraja hissasiga yetdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘ta past darajaga qadar muzlatish molekulalarni sekinlashtiradi va ularning xususiyatlari hamda tuzilmasini o‘rganish imkonini beradi.

Mavzuga oid