Light | 09:33 / 02.09.2017
37795
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar inson umri maksimal necha yil davom etishini ma'lum qildilar

Foto: life.ru

Niderlandiyalik olimlar inson hayoti davomiyligining o‘rtacha maksimum darajasini ma'lum qilishdi. Bu haqdagi xabar Tilburg universiteti saytida e'lon qilingan.

Olimlar Niderlandiyaning 75 ming fuqarosi necha yoshda vafot etganini statistik tahlildan o‘tkazishdi. Ular so‘nggi 30 yil davomida olamdan ko‘z yumishgan hamda yoshlari 94 yildan katta bo‘lgan. Ayollar uchun hayot davomiyligining maksimal darajasi 115,7 yilni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklar uchun - 114,1 yil. Ta'kidlanishicha, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich oshmagan, garchi Niderlandiyada uzoq umr ko‘ruvchilar soni uch barobarga ko‘paygan.

Tadqiqotchilarning aniqlik kiritishicha, olingan ma'lumotlar taxminiy bo‘lib, alohida holatlarda uzoq umr ko‘ruvchilarning yoshi 120 yilga ham yetishi mumkin.

Avvalroq dunyodagi eng keksa oila uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Mavzuga oid