8000 olish, 8150 sotish!
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha tijorat banklari ertaga, 5 sentabr kunidan boshlab erkin konvertatsiya amaliyotini joriy etishi kutilmoqda. «Kun.uz»ning bank tizimida ishlaydigan manbasi xabar berishicha, valyuta oldi-sotdi ko‘rsatkichi 8000-8150 so‘m bilan boshlanadi.
Xorijiy valyutani sotmoqchi bo‘lgan mijoz, masalan 100 AQSh dollari uchun 800 000 so‘m etib belgilangan erkin konvertatsiya kursi bo‘yicha amaliyotni bajaradi. Aksincha, 100 AQSh dollarini xarid qilmoqchi bo‘lgan bank mijozi 815 000 so‘m etib belgilangan kurs bo‘yicha ish tutadi.
Hozircha boshqa xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan erkin konvertatsiyalanish kursi belgilanmagan. Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Markaziy Bank tomonidan belgilangan milliy so‘mning xorijiy valyutaga nisbatan kursi 8000 so‘mgacha o‘zgarib boradi.
Mavzuga oid
19:05
Apple Pay va Google Pay nega O‘zbekistonga kirishni rad etayotgani ma’lum bo‘ldi
11:21
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024