Jamiyat | 08:06 / 06.09.2017
4789
1 daqiqa o‘qiladi

Gondurasning sobiq prezidenti o‘g‘li ko‘p yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi

Gondurasning sobiq prezidenti o‘g‘li Porfirio Lobo Fabio giyohvandfurushlik uchun 24 yillik qamoq jazoga mahkum qilindi.  Sudda u o‘z aybini tan olgan.

“RIA Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, u Haitida 2015 yil may oyida maxsus xizmatlar tomondan ushlanib, so‘ngra Nyu-Yorkka yetkazilgan.

Avvalroq Loboning meksikalik narkobaron Xoakin Gusman Loera bilan aloqasi bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Taxmin qilinishicha, aynan Lobo Kolumbiyadan Gondurasga kokain yetkazib berilishida vositachilik qilgan. U yerdan giyohvand modda Meksikaga va so‘ngra AQShga yetkazilgan.

Mavzuga oid