Olimlar semizlikning asosiy sababini aniqlashdi
Shveytsariyalik tadqiqotchilarning fikricha, semiz odamlar parhez qilmaganlari uchun emas, balki ularning tanasi o‘ziga xos gormonlarni ishlab chiqarishi sababli og‘ir vaznli bo‘lishadi. To‘ladan kelganlarda ozg‘in kishilarga qaraganda «to‘qlik hissini beruvchi gormon» kamroq ishlab chiqariladi, deyishmoqda shifokorlar.
Bazel universiteti va Bazel shahri universitet klinikasi shifokor olimlariga ko‘ra, semiz insonlar tanasida gormonlar sintezi buzilgan bo‘ladi. Aynan shu narsa ularning og‘ir vaznli bo‘lishining bosh omilidir. «Ularning oshqozoni va ichaklarining shilliq qavati hujayralari «to‘yish gormoni» ishlab chiqarmaydi, bu esa, ovqatni ko‘p iste'mol qilish va semirishga olib keladi», — deya ta'kidlashmoqda yangi tadqiqot mualliflari.
Mutaxassislarning fikricha, odamlar ortiqcha vazn va semirishda, odatda, taomni nazoratsiz ko‘p tanovul qilishda ayblanadi. Ularning aytishicha, bu muammo semiz kishilarning iroda kuchiga umuman aloqasi yo‘qligini, balki metabolik buzilishlarga bog‘liq ekanini tushunish lozim. Buni boshqa jiddiy kasalliklarni davolagandek davolash talab etiladi. Bunda shifokorlar «to‘yish gormoni» ishlab chiqarish jarayoni boshlanishiga turtki berish uchun bariatrik jarrohlik, gastroplastika usullarini tavsiya qilishmoqda.
Mavzuga oid
12:13 / 25.12.2024
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024