Jahon | 10:03 / 11.09.2017
19953
2 daqiqa o‘qiladi

Mayami markazi suv ostida qoldi 

Foto: nydailynews.com

Amerikaning Florida shtatiga yopirilgan «Irma» dovuli o‘zi bilan birga kuchli yomg‘irlar va shamolni ham olib keldi. Natijada Mayami shahrining aholisi soni 2,5 mln kishini tashkil etuvchi qismi suv ostida qoldi, deb yozmoqda Miami Herald.

Dovul tufayli Mayami xalqaro aeroporti yopildi. Kuchli shamol daraxtlarni qo‘porib tashladi, ular shahar ko‘chalarida harakatlanishni to‘sib qo‘ydi. Bundan tashqari, dovul uchta qurilish kranining qulashiga sabab bo‘ldi, ulardan ikkitasi shaharning o‘zida bo‘lgan.

Shahar aholisi ijtimoiy tarmoqlarda suv ostida qolgan joylar tasvirlangan video va fotosuratlarni e'lon qilishmoqda.

Avvalroq Floridada «Irma» dovulidan ko‘riladigan zarar 200 mlrd dollarga yetishi mumkin ekani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid