Sport | 13:00 / 13.09.2017
15405
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Muxlis Mbappega hujum qildi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida Shotlandiyaning «Seltik» klubiga qarshi kechgan va 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin vaqtida noqulay holatda qoldi.

Maydonga chopib chiqqan muxlis 18 yoshli bu hujumchini urmoqchi bo‘ldi, ammo niyatiga yeta olmadi. Bu vaqtda fransiyalik futbolchi golni nishonlayotgandi. Stadion xavfsizlik xizmati xodimlari qoidabuzarni to‘xtatishgan va uni maydondan olib ketishgan.

Foto: Daily Star
Foto: Daily Star

Mbappe 84-daqiqagacha o‘ynadi va urilgan gollardan biriga mualliflik qildi.

Mavzuga oid