Jahon | 17:56 / 13.09.2017
10850
3 daqiqa o‘qiladi

Irsiyshunoslar yoqutlar va nganasanlarning chidamliligi sirini kashf qilishdi

Rossiya va AQSh irsiyshunoslari yoqutlar va nganasanlar DNKlarini o‘qib chiqib, ajoyib kashfiyotga duch kelishdi. Unga ko‘ra, shimoliy qutbga yaqin joylarda istiqomat qiluvchi ushbu elatlarda genlarning noyob namunasi mavjuddir. Ayni shu narsa doimiy sovuq harorat, qutb tuni va deyarli hayvon yog‘laridan iborat taomlarni tanovul qilish sharoitida yashab qolish imkonini beradi. Molecular Biology and Evolution jurnalida chop etilgan maqolada shu haqda so‘z boradi.

"Bizdagi ma'lumotlar tahlili bizga Sibir shimolida yashash bilan uzviy bog‘liq 7 ta genni ajratib olish imkonini berdi. Ularning uchtasi ovqatlanish, ayniqsa yog‘lar metabolizmi bilan bog‘liq. Bu esa, yoqutlar, nganasanlar va shimolda yashovchi boshqa xalqlar hayvon yog‘lariga boy taomlar iste'moliga tabiatan moslashganini bildiradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, ularning barchasi quvvat ishlab chiqishda, oqsillar almashinuvi va hujayralar membranalarida muhim o‘rin tutadi", — deya hikoya qiladi Arizona universiteti vakili Rayan Gutenkunst (Ryan Gutenkunst). 

Eskimoslar, chukchalar va boshqa shimoliy elatlar, shuningdek, Tibet aholisi irsiyshunoslarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Chunki ular janubiy mintaqalarda istiqomat qiluvchi kishilarga qaraganda o‘ta noqulay sharoitlarda yashashga moslashishgan. Masalan, tibetliklarning irsiy tadqiqoti shuni ko‘rsatganki, ushbu tog‘lik aholi "denisovchilar" deb ataluvchi qadimgi odamlar genlarini o‘zlarida saqlab qolishgan. Bu esa, baland tog‘li joylarda kislorod kamligiga moslashishda yordam bergan. 

Gutenkunstga ko‘ra, muammo shundaki, ushbu shimollik va tog‘lik xalqlarning "toza" ko‘payishi bugungi kunda deyarli yo‘qolib ketgani tog‘ va shimolning og‘ir sharoitlarida ajdodlariga tirik qolish va ko‘payish imkonini bergan DNKlarning ularga oid qismini topishga xalaqit qilmoqda. Masalan, ayni vaqtda Rossiyada nganasanlar soni ming nafardan kam. Yoqutlar 480 mingga yaqin kishini tashkil etadi. 

"Tabiat injiqliklari bilan kurash", olimlarning qayd etishlaricha, butun bir genlar to‘plami paydo bo‘lishiga olib kelgan. Aynan shu yoqutlar va nganasanlarga faqat go‘sht va yog‘li tom bilan ovqatlanishga hamda salomatligi bilan muammolarga duch kelmasligiga imkon bergan. 

Mavzuga oid