Jahon | 16:56 / 13.09.2017
7054
1 daqiqa o‘qiladi

Ulyukayev ishi bo‘yicha uning sobiq kotibasi so‘roq qilindi

Foto: Gazeta.Ru

Moskvaning Zamoskvoretskiy sudida sobiq vazir Aleksey Ulyukayevning ishi bo‘yicha to‘qqizinchi guvoh so‘roq qilindi. Sobiq vazirning sobiq kotibasi Irina Dyutinaning aytishicha, Iqtisodiy taraqqiyot vaziri qo‘lga olinadigan kuni «Rosneft» rahbari Igor Sechin suhbat tashabbuskori bo‘lgan, deb xabar qilmoqda «Gazeta.Ru».

«Sechin qabulxonasidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, kotib Ulyukayev Aleksey Valentinovich bilan ulab berishni so‘radi», — degan kotiba. 

Shu bilan birga, Dyutina Sechin o‘sha kungacha sobiq vazirga telefon qilgan yoki qilmaganini eslay olmagan. 

«Menga ikki erkak kishining suhbatini eshittirishdi. Ulardan biri Ulyukayev Aleksey Valentinovich edi, ikkinchisini — Sechin Igor Ivanovich deb aytishdi», — deb qo‘shimcha qilgan u. 

Mavzuga oid