Jahon | 16:21 / 14.09.2017
8921
1 daqiqa o‘qiladi

Arakandan qochgan musulmonlarning soni 400 mingga yaqinlashdi

Foto: Anadolu

Myanmaning Arakan shtatidan armiya va buddaviy millatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan zo‘ravonlik holati tufayli qochib chiqqan rohingya musulmonlari soni 400 mingga yaqinlashdi, ulardan 220 ming nafari – bolalar. Bu haqda YUNISEF vakili Kristof Bulera xabar berdi.

Avvalroq Myanma hukumati BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashi inspektorlarini Arakanga qo‘ymagani xabar berilgandi.

Myanma yetakchisi Aun San Su Chji  esa BMT Bosh Assambleyasida ma'ruza qilishdan bosh tortdi.

Mavzuga oid