Fan-texnika | 16:01 / 15.09.2017
10510
3 daqiqa o‘qiladi

iPhone X faqat bitta yuzni «tanishi» mumkin

Foto: Reuters

Face ID yuzni farqlash inqilobiy tizimiga ega iPhone X’ning taqdimot marosimidan uch kun o‘tdi, biroq u bilan bog‘liq gap-so‘zlar to‘xtayotgani yo‘q. Uning ishidagi bir necha muhim tafsilotlar ma'lum bo‘ldi: aniqlanishicha, Face ID ishga tushirish bosqichida faqatgina bir yuzni tanib olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Touch ID’ga bir necha barmoqlar izlarini kiritish imkoniyati bor edi.

Tizim ishlab chiquvchilarining tushuntirishicha, qo‘ldagi o‘nta barmoqdan farqli ravishda, foydalanuvchi bir yuzga ega, hamda boshqa yuzlarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi kerak emas. Shu bilan birga, iPhone’ning ko‘plab foydalanuvchilari o‘z qurilmalarini oila a'zolari bilan bo‘lishishni yoqtirishadi. Bu Touch ID uchun muammo emas, biroq Face ID’da imkonsizdir. Hozircha imkonsizdir, deb yozadi BGR.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Face ID tizimini vaqtinchalik o‘chirib qo‘yish ham mumkin. Bu haqda “ko‘p azob chekkan” Kreyg Federini foydalanuvchilardan biriga yo‘llagan maktubida yozdi. Bu, masalan, tizimdan smartfonni uchinchi shaxslar ochishga urinib ko‘rganida foydalanish bilan bog‘liq vaziyatdan qochish uchun kerak. 

Federinining maktubiga ko‘ra, agarda sizni, masalan, tunab ketishmoqchi bo‘lsa yoki shaxsiy yozishmalaringizni kimdir o‘qishni istab qolsa, shunchaki «qurilmaning har ikki tomonidagi tugmachalarni bosish kerak hamda bu Face ID’ni vaqtinchalik o‘chirib qo‘yadi». Tizimni yana faollashtirish uchun maxfiy so‘zni qayta kiritish lozim.

Avgust oyida iOS 11’da endilikda Touch ID’ni ta'minot tugmachasiga besh marta tezlik bilan bosish talab etilishi ma'lum bo‘lgandi. Shundan so‘ng barmoq izlarini farqlash funksiyasi takroran yoqilishi uchun PIN-kodni kiritish lozim. Xullas, agarda qurilmani saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz yoki undagi ma'lumotlarni sir ostida saqlash niyatingiz bo‘lsa – tugmachalarni tez bosishga tayyorlaning.

Mavzuga oid