Sport | 13:47 / 18.09.2017
37490
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Yilning eng xunuk goli

Germaniyada o‘tgan haftada ikki gol shov-shuvga aylandi. Avvaliga ikkinchi bundesligada «Bohum» futbolchisi Feliks Bastians «Darmshtadt» bilan uchrashuvda o‘ziga qo‘pollik ishlatilmaganini aytib, hakamni penaltini bekor qilishga ko‘ndirib, raqib futbolchilari va muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘lgandi. U yil feyr-pleylaridan birini ko‘rsatib berdi.

Bundesliganing uchinchi divizionida esa qoidalar boshqacharoq bo‘lib chiqmoqda. Kamida «Karl Tseyss» hujumchisi Soren Ayssman uchun.

«Karl Tseyss» va «Meppen» jamoalari o‘yinidagi vaziyatlardan birida ikki jamoa futbolchilari to‘qnashuvi natijasida mezbonlar futbolchisi jarohat olib, yotib qoladi. Mehmonlar futbolchilari bu vaqtda o‘yinni to‘xtatishib, jarohatlangan futbolchiga yordam ko‘rsatilishini kutishadi, ammo Aysmann himoyachilar harakatsiz qolganidan foydalanib, to‘pni egallab oldinga yuguradi va darvozani ishg‘ol etadi.

Tortishuvlardan keyin gol hisobga olinadi, «Karl Tseyss» futbolchilari va Ayssman bu golni nishonlashadi, o‘yin yakunida Aysman ikkinchi golni ham urgan.

«Men ular nega g‘azablanishganini tushunmayapman, men axir futbolchi yiqilib yotganini ko‘rmagandim», – deya o‘zini oqlashga harakat qilgan o‘yindan keyin Aysmann.

Mehmonlar jamoasi murabbiyi vaziyatni izohlashga tili ojiz ekani, mezbon jamoa vakili bo‘lganida bu epizod bilan g‘ururlana olmagan bo‘lishini aytgan.

Mavzuga oid