Jamiyat | 14:23 / 19.09.2017
15982
1 daqiqa o‘qiladi

Tom Kruz jarohati haqida so‘zlab berdi

Foto: MEGA

Hollivud aktyori Tom Kruz «Uddalab bo‘lmas vazifa– 6» filmini suratga olish chog‘ida olgan jarohatiga oydinlik kiritdi. Bu haqda People jurnali xabar bermoqda.

Kruz so‘zlariga ko‘ra, u to‘pig‘i singanidan so‘ng tiklanmoqda. Artistning bayonot berishicha, hozir hammasi yaxshi. 

Kruz, shuningdek, muxlislariga yaxshi tilaklari uchun minnatdorlik bildirgan. «Men bir-ikki haftadan so‘ng suratga tushishni boshlayman», – deb qo‘shimcha qilgan Kruz. 

Aktyor suratga tushadigan filmlaridagi tryuklarni o‘zi bajarishi bilan mashhur. Xususan, «Uddalab bo‘lmas vazifa»dagi ko‘plab qaltis sahna ko‘rinishlarida shaxsan qatnashgan.

Mavzuga oid