Jahon | 12:02 / 23.09.2017
5394
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi mushak zavodida portlash yuz berdi

Foto: Global Look Press

Xitoyning Tszyansi viloyatida mushak ishlab chiqarish bo‘yicha zavoddagi portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bergan.

Favqulodda hodisa Pinsyan shahri yaqinidagi Shanli uyezdida sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, 22 sentabr kuni ertalab mahalliy hukumat korxona ishini to‘xtatish haqida topshiriq bergan. Bu tekshiruvlar paytida xavfsizlik tizimida muammolar aniqlangani bilan bog‘liq bo‘lgan.

Biroq, kechqurun zavod xodimlari ishni baribir tiklashgan. O‘sha paytda portlash yuz berdi.

Voqea joyida tezkor xizmatlar ishlamoqda. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid