Light | 23:06 / 27.09.2017
36956
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda eng ko‘p sayyoh tashrif buyuruvchi shahar qaysi ekani aniqlandi

Foto:RIA Novosti / Vitaliy Ankov

MasterCard kompaniyasi mijozlarning xalqaro tranzaksiyalarini tahlil qilib, eng ko‘p sayyoh tashrif buyuradigan shahar qaysi ekanini aniqladi.

Kompaniya mutaxassislari 132 ta yirik shaharning o‘tgan yilgi natijalarini o‘rganib, sayyohlar soni bo‘yicha Bangkok yetakchi ekani haqidagi xulosaga kelishgan. 2016 yilda Tayland poytaxtida 19,41 mln kishi to‘xtagan. 

Ro‘yxatda 2-o‘rin Londonga nasib qilgan, bu yerga 19,04 mln xorijlik sayyoh kelgan. Yetakchi uchtalikni Parij yakunlamoqda. Fransiya poytaxtiga o‘tgan yili 15,45 mln sayyoh kelgan.

Eng mashhur shaharlar ro‘yxatining yuqori o‘ntaligidan Dubay, Singapur, Nyu-York, Seul, Kuala-Lumpur, Tokio va Istanbul ham o‘rin olgan.

2017 yilda sayyohlar soni oshishi bo‘yicha yetakchi Tokio (12,2%), autsayderlar esa Seul (0,4%) va Nyu-York (-2,4%) bo‘lishi kutilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Istanbul va Pragaga kelganlar kafe va restoranlarga ko‘proq pul ishlatishar ekan. Seul va London sayyohlar shoping uchun sarflagan mablag‘lar bo‘yicha yetakchi bo‘lmoqda.   

Parij va Milanni ko‘rmoqchi bo‘lganlar, odatda, barchadan ko‘ra ko‘proq mehmonxona va xostellarga pul to‘laydilar.

Mavzuga oid