Fan-texnika | 23:42 / 28.09.2017
9403
1 daqiqa o‘qiladi

LG chivinlarni haydaydigan smartfon yaratdi

Foto: LG

LG kompaniyasi chivinlarni haydaydigan noodatiy K7i smartfonini yaratdi. Qurilma buni ultratovush yordamida amalga oshiradi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, smartfon taratadigan ultratovush to‘lqinlarini inson qulog‘i ilg‘ay olmaydi, biroq u hasharotlar uchun juda yoqimsiz hisoblanadi, deb xabar bermoqda Mashable.

Smartfonning qolgan ko‘rsatkichlari haqida gapirilsa, u 854×480 nuqtali 5 dyuymli ekran, 4 yadroli MT6580M protsessori, 1 Gb tezkor xotira va 8 Gb ichki xotira, 8 Mp li kamera hamda standart datchiklar bilan jihozlangan.

K7i’ning narxi 120 dollarni tashkil qilmoqda. Hozircha qurilmani Hindistonda sotish mo‘ljallanmoqda. 

Foto: LG
Foto: LG
Foto: LG
Foto: LG

 

Mavzuga oid