Iqtisodiyot | 21:50 / 28.09.2017
14012
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Afrika davlatlarining 20 mlrd dollarlik qarzini kechib yubordi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Afrika davlatlarining 20 mlrd dollardan ko‘proq qarzini kechib yuborganini ma'lum qildi.
"Katta qarzga ega nochor davlatlarga yordam ko‘rsatish tashabbusi doirasida Afrika davlatlarining 20 mlrd dollardan ko‘proq qarzini kechib yubordik", deb aytgan Putin jurnalistlarga Gvineya prezidenti Alfa Konde bilan uchrashuvdan keyin.
Shuningdek, ikki davlat yetakchisi uchrashuv vaqtida o‘zaro ordenlar bilan almashishgan.
Putin Rossiya 2016 yilda Jahon oziq-ovqat tashkiloti kanallari orqali Afrika davlatlariga 5 mln dollar ajratganini qo‘shimcha qilgan.