Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar dollarga bog‘lanmaydi - Markaziy bank
Markaziy bank rasmiy saytida «Mamlakat hududida sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida» bayonot berildi.
«Mamlakat hududida sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma'lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar (ish va xizmat)lar uchun to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro to‘lov kartalari orqali to‘lovlar bundan mustasno. Shu bilan birga, ushbu Farmon bilan tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi qayd etilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar faqat O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshirilishi lozim.
O‘z navbatida, chet ellik sug‘urtachilarning xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish, xizmatlar importiga doir amaliyot bo‘lib, joriy xalqaro operatsiya hisoblanadi va u bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan chet el valyuasini sotib olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 iyuldagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan «Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan amalga oshiriladi», deyilgan bayonotda.
Mavzuga oid
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
14:41 / 11.12.2024