Fan-texnika | 23:11 / 30.09.2017
8059
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 6 ming metr chuqurlikka tushuvchi qurilma yaratildi

Foto: incolors.club

Xitoy fanlar akademiyasi chuqur suv ostiga sho‘ng‘uvchi okean qurilmasini ikki haftalik sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.  "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, okean tubini o‘rganishga mo‘ljallangan qurilma 6 ming metrgacha suv ostiga sho‘ng‘ishi mumkin.

"Biz Xitoy 6 ming metrgacha sho‘ng‘uvchi, masofadan boshqariluvchi suv osti qurilmalarini yaratgan davlatlar qatoridan (AQSh, Fransiya va Yaponiya) joy oldik, deb aytishimiz mumkin. Okean tublarini o‘rganish uchun Xitoyda yaratilgan, 7 ming metrlik  chuqurlikka tushuvchi "Tszyaolun" va boshqaruvchisiz "Tsyanlun-1" batiskafi yaratilganidan keyingi yana bir muhim voqea bo‘ldi", deb aytganlar muhandislar.

Qurilma BMTing ilmiy-tadqiqot strukturalari ko‘magida yaratilgan hamda ekologiya va biologiya sohasidagi tadqiqotlar uchun hamda fanga hali ma'lum bo‘lmagan suv osti florasi va faunasini topishga mo‘ljallangan. Batiskaf 7 marta sho‘ng‘igan. 

Tadqiqotchilarning fikricha, qurilmaning barcha mexanik tizimlarining ishonchliligi tasdiqlangan.

Mavzuga oid