O‘zbekiston | 20:40 / 03.10.2017
43029
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkentda 2000-yillar boshida yopilgan yo‘l ochilmoqda

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiquvchi yo‘l qayta tiklanmoqda. «Kun.uz»ning vaziyatdan xabardor manbasi ma'lumot berishicha, Sharof Rashidov ko‘chasining Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga qadar bo‘lgan qismi 2 kun ichida ochiladi.

2000-yillarning o‘rtalarida yopilib, yashil maydonga aylantirilgan hududda bir necha oydan buyon tozalash ishlari olib borildi, daraxtlar boshqa joyga ko‘chirildi va avvalgi yo‘l tiklandi.

Ayni vaqtda oxirgi tozalash ishlari olib borilmoqda. 

Qayd etish kerakki, bu yo‘l yopilishi Yunusobod tumanini shahar markazi bilan bog‘lovchi Amir Temur shoh ko‘chasida  avtomobil qatnovini sezilarli darajada oshirib, tirbandliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid