Jahon | 09:40 / 04.10.2017
22613
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Moskva metrosi jahonda birinchi bo‘lib yo‘lovchilarga yo‘l haqini uzuk yordamida to‘lash imkonini bermoqda

«Troyka» kartasi funksiyalariga ega taqinchoq oktabr oyida savdoga chiqariladi. Uzuk yordamida yer usti transportida ham yo‘l haqi to‘lash mumkin bo‘ladi, deb yozadi RBK.

Foto: Moskva metropoliteni matbuot xizmati

Yaqin kunlarda Moskva metrosining barcha yo‘lovchilari yo‘l haqi to‘lash uchun «Troyka» kartasi funksiyalariga ega bo‘lgan uzuk shaklidagi maxsus gadjyetlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi, degan RBKga metropoliten matbuot xizmatidagilar.

«Barmoqqa taqiluvchi uzuk shaklidagi yo‘l haqi to‘lash uchun transport yechimi jahonda birinchi marta amalga oshirilmoqda. Bunday uzuk yordamida «Troyka» kartasi kabi yo‘l haqini «Troyka» to‘lov kartasi qabul qilinadigan istalgan joyda: metroda, yer usti transporti, Moskva markaziy halqasi va boshqa joylarda to‘lov qilish mumkin», — degan metropoliten vakili.

Oktyabr oyining so‘ngiga qadar uzuklar Moskva metropolitenining suvenir ko‘shklari va do‘konlarida paydo bo‘lishi kerak.

Metropoliten vakili 2017 yilning 10 sentabrida «Lujniki» stansiyasida Moskva markaziy halqasining tashkil topgan kunida turmush qurgan yosh kelin-kuyovlarga ana shunday uzuklar jufti topshirilganini eslatib o‘tdi.

Mavzuga oid