Jahon | 11:19 / 13.08.2018
21807
2 daqiqa o‘qiladi

30 ming dollarlik brilliant uzuk chiqindi uyumiga tashlab yuborildi va 4 daqiqa ichida topildi

Foto: City of San Diego

Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida yashovchi oila tasodifan 30 ming AQSh dollari qiymatidagi brilliant uzuk chiqindiga tashlab yubordi, biroq kommunal xizmatlar uni topishda yordam berdi. Bu haqda UPI xabar qildi.

Uyning tozalanishi paytida qimmatbaho buyum chiqindi savatchasiga tushib qolgan. Uzuk egalari uning yo‘qolganini payqab qolgan vaqtda, uni allaqachon umumiy chiqindixonaga olib ketib bo‘lgandi.

Oila shahar rasmiylariga murojaat qilib, yordam so‘radi. Ishchilar GPS yozuvlari orqali aynan qaysi chiqindi mashinasi ularning kvartaliga kirgani va u qayerda yo‘l olganini aniqlash, so‘ng sanoqli daqiqalar ichida qimmatbaho buyumni topib berishdi.

«Ba'zan ularga nimanidir topish uchun uch-to‘rt soat vaqt kerak bo‘ladi. Ba'zida u umuman topilmaydi, - deya ma'lum qildi San-Diyego ma'muriyati vakili. - To‘rt daqiqa ichida 30 ming dollarlik uzukni topib berish - bu ancha yaxshi natija».

Mavzuga oid