Jahon | 18:15 / 05.10.2017
65142
2 daqiqa o‘qiladi

Erkak 7 metrli bo‘g‘ma ilon bilan hayot-mamot jangida g‘alaba qozondi (foto)

Foto: Facebook/AsiaWire

Robert Nababan Indoneziyaning Rigu viloyatida ishdan uyiga qaytayotganida, ulkan hajmdagi ilon ikki piyodaning yo‘lini to‘sib qo‘yganini ko‘rib qoladi, deb yozmoqda Mirror nashri.

Palma maydonining 37 yoshli qorovuli bu holatga aralashish va ulkan bo‘g‘ma ilonni yo‘ldan haydab yuborishga qaror qildi, lekin ilon o‘tkir tishlari bilan Robertning qo‘llariga yopishib olgan.

Erkak bo‘g‘ma ilon bilan yo‘lning o‘rtasida kurashga kirishdi, o‘tkinchi yo‘lovchilar esa bu holatdan dahshatga tushishdi. Uzoq davom etgan “jang”dan so‘ng sudraluvchi o‘ldirildi, erkak esa chuqur jarohatlar bilan kasalxonaga jo‘natildi.

Foto: Facebook/AsiaWire
Foto: Facebook/AsiaWire

“Men uni ushlab olishga harakat qildim. U qo‘limdan tishlab oldi, hamda biz kurashdik”, - deydi Robert bo‘g‘ma ilon bilan to‘qnashuv haqida.

Mag‘lub etilgan bo‘g‘ma ilon Robertning qishlog‘ida hammaga ko‘rinarli joyga osib qo‘yildi.

Foto: Facebook/AsiaWire
Foto: Facebook/AsiaWire

Indoneziya OAVning ta'kidlashicha, joriy yilning martida G‘arbiy Sulavesida istiqomat qiluvchi boshqa shaxsning bu ulkan ilon bilan to‘qnashuvi ayanchli yakun topgan. Uning jasadi bo‘g‘ma ilonning oshqozonida topildi.

Mavzuga oid